Biz haqimizda
Biz, Besh Qozon - Osh Markazi 2001 yilda ish boshlagan bo’lib, shu vaqt ichida milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik va nafaqat poytaxt aholisi, balki uning mehmonlari uchun ham diqqatga sazovor markazga aylandik! Nomidan tushunganingizdek, osh markazimiz menyusidagi asosiy taom osh hisoblanadi. Bu yerda uni shaharning eng yaxshi oshpazlari an’anaviy o‘zbek retsepti bo‘yicha katta cho‘yan qozonda pishiradi. Shuningdek, oshlarimiz uchun turli xil salatlar, issiqqina nonlar, ichimliklar va choylarni tavsiya qilamiz! Odamlar bizga nafaqat mazali taomlar va hamyonbop narxlar, balki o‘zgacha muhit uchun ham tashrif buyurishadi. “Osh markazimizga tashrif buyuruvchilarning qadri, menyumizdagi narxlardan yuqori bo‘lishi kerak" tamoyilli asosida ish faoliyatimizni olib boramiz. Mehmon Besh Qozondan mamnun holatda tark etishi, bizga har narsadan ustundir. Muassasaning o'zi katta zaldan iborat bo'lib, uning interyeri milliy detallar: o'ymakorlik, naqshlar, bo'yalgan laganlar, ko'zalar bilan to'ldirilgan. Yozgi mavsumda Siz Toshkent teleminorasi ostidagi sokin terasada vaqt o'tkazishingiz va quyosh taftidan bahramand bo'lishingiz mumkin. Yaxshi milliy taomlar hashamatli interyer va yuqori sifatli xizmat bilan uyg'unlashganda, Sizning ko'nglingiz ushbu joyga qayta-qayta kelishni istaydi. Besh Qozon azaldan eng yaxshi mashhur maskanga aylangan holda, xalq qalbidan o'z o'rnini egalladi! |